Xalqaro kriminal sindikat a’zolari butun Yaponiya bo‘ylab joylashgan bankomatlardan uch soatdan kamroq vaqt ichida 12,7 million dollar o‘g‘irlashda gumonlanmoqda. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Politsiyaning fikricha, operatsiyada yuzga yaqin kishi ishtirok etgan, ammo ularning hech biri hozirgacha qo‘lga olinmadi. Ular Janubiy Afrika bankidan o‘g‘irlangan soxta kredit kartalaridan foydalangani aytilmoqda.
Yaponiya politsiyasi JAR va Interpoldan yordam so‘radi.
Izoh (0)