Xitoyning Ichan shahrida yashovchi yigit sevgan qiziga dil izhori qilish bobida omadsizlikka uchradi. Bu haqda 23-may kuni Daily Mail nashri xabar qildi.
Nomi keltirilmagan yigit 21-may kuni “Gou Xunyun, menga turmushga chiq” deb yozilgan parashyutda daraxtdan sakrashni, yerga tushgach esa qizga gul sovg‘a qilishni ko‘zlagandi.
Ammo shamol uning rejalariga to‘sqinlik qildi va u parashyuti bilan shoh-shabbalar orasiga tiqilib qoldi.
Yigit mustaqil ravishda yerga tusha olmadi, o‘t o‘chirish brigadasining yetib kelishini esa bir soat kutishga to‘g‘ri keldi.
Qutqaruvchilar yetib kelib, maxsus kran vositasida uni yerga tushirgach, yigit eski rejasiga qaytdi: u qiz oldida tiz cho‘kib, unga guldasta tutdi.
Ammo qiz taklifga javob bermasdan ters burilib ketib qoldi.
Voqea internetda keng muhokama qilindi. Ko‘plar qizning qarorini qo‘llab-quvvatladi.
“Ko‘ngil izhori samimiy bo‘lishi lozim, hammaga o‘zini ko‘rsatish uchun harakat qilish yaramaydi”, — deb yozdi bahs ishtirokchilaridan biri.
Izoh (0)