Xorazm viloyatining ma’muriy markazi Urganchda 15-iyundan avtobuslardan foydalanish yo‘l haqi 700 so‘mgacha oshirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Viloyat hokimining tarifni o‘zgartirish haqidagi qarori loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida chop etilgan.
Hozirgi paytda avtobuslardan foydalanish uchun yo‘l haqi 600 so‘mni tashkil etadi. Fuqarolarning bir qator toifasi uchun tekin foydalanish imtiyozi ko‘zda tutilgan.
Urganchda yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha Damas minivenlari ham xizmat ko‘rsatib, ularda yo‘l haqi 800 so‘mni tashkil etadi.
Izoh (0)