2016-yil 19-may kuni O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutida institut huzuridagi pedagog kadrlarning malakasini oshirish Tarmoq markazi hamda O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi. Bu haqda Pedagog kadrlarning malakasini oshirish Tarmoq markazi bo‘limi boshlig‘i Mansur Begmatov “Daryo”ga ma’lum qildi.
Hamkorlik uchrashuvidan asosiy maqsad, 2016—2017-o‘quv yillari uchun Buyuk Britaniya davlatidan yuqori malakali mutaxassislar O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutida tahsil oluvchi talabalar bilan o‘zaro tajriba almashishiga qaratildi.
Shuningdek, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi tomonidan xorijiy adabiyotlar bilan ta’minlashga kelishib olindi.
Izoh (0)