Nyu-Yorkda AQSh bo‘yicha birinchi marta mushuklarning tirnog‘ini yulish taqiqlanishi mumkin — tegishli qonunchilik tashabbusi veterinarlar va mushuk boquvchilar o‘rtasida qizg‘in bahslarni keltirib chiqardi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Ayrimlar bu jarayonni g‘ayriinsoniy deb baholayotgan bo‘lsa, boshqa tomon buni mebel, gilam va o‘z egalarini tirnaydigan jonivorlariga qarshi qo‘llanilishi mumkin yagona chora deb hisoblamoqda.
Veterinarlarning fikricha, tirnoqlarni olib tashlash qarorini qonunchilar emas, mushuk egalari va soha professionallari qabul qilishi lozim.
Ushbu jarayon Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yevropaning bir nechta davlatida man etilgan. Shuningdek, u Los-Anjelesda hamda Kaliforniyaning bir qancha shaharlarida qonundan tashqari amal hisoblanadi.
Izoh (0)