Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Fransiya tomonidan taklif qilingan ikki bosqichli tinchlik jarayonini qayta tiklash rejasiga qarshi chiqib, Falastin yetakchisi Mahmud Abbos bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tinchlik muzokaralari tashkil etish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda, The Jerusalem Post nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Rostanam tinchlik o‘rnatilishiga ko‘mak berishni istasangiz, Mahmud Abbos bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni yo‘lga qo‘yishda yordamlashing. Tashabbus amalga oshiriladigan joy sifatida Parij tanlanishi mumkin, negaki u tinchlik kelishuvini imzolash uchun ajoyib makondir”, — dedi u Fransiya bosh vaziri Manuel Vals bilan Quddusda bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida.
Izoh (0)