DesignCrowd dizaynerlar hamjamiyati Instagram’ning yangi logotipi uchun eng yaxshi muqobil variant yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qildi. “Vc.ru” ulardan eng qiziqarli konseptlarni tanlab oldi.
2016-yil 11-mayida Instagram birinchi marta o‘z servislari belgilari (ikonkalari)ni tubdan yangilagan, shuningdek, asosiy dasturning dizaynini oq-qoraga o‘zgartirgan edi. Redizayn foydalanuvchilarning bir qismida norozilikni keltirib chiqardi. Ko‘pchilik logotipda Photoshop’da qo‘llaniladigan eski qolipli gradiyentlarni ko‘rdi.
Izoh (0)