Indoneziya g‘arbidagi Shimoliy Sumatra viloyatida joylashgan Sinabung vulqonining otilishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, AFP’ga asoslanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Tabiiy ofatlar bo‘yicha idora vakili Sutopo Purvo Nugroxo bergan bayonotga ko‘ra, vulqon tutunlari ta’siridan to‘qqiz kishi jabr ko‘rgan, ularning olti nafari hayotdan ko‘z yumgan, qolgan uch kishi og‘ir ahvolda.
Qurbonlar vulqondan to‘rt kilometr naridagi sholi maydonida ishlayotgan edi.
Izoh (0)