Futbol bo‘yicha 2015/16-yilgi mavsumning Fransiya chempioni — “PSJ” jamoasi mamlakat Kubogi finalida “Marsel” futbolchilariga qarshi bahs olib bordi. Unda 4:2 hisobida parijliklar zafar quchdi, deb xabar bermoqda “Sports.ru”.
Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq Blez Matyuidi hisobni ochgan bo‘lsa, 12-daqiqaga kelib Florian Toven muvozanatni tikladi. Jamoalar tanaffusga 1:1 hisobida chiqib ketdi.
Ikkinchi bo‘limning ilk daqiqalarida Zlatan Ibragimovich parijliklarni oldinga olib chiqdi. Shvetsiyalik forvard 11 metrlik jarima zarbasini bexato amalga oshirdi — 2:1.
57-daqiqada Edinson Kavani “PSJ” ustunligini oshirdi. 82-daqiqada Ibragimovich jamoasining to‘rtinchi goliga mualliflik qildi. Uchrashuvdagi so‘nggi gol Mishi Batshuayi tomonidan kiritildi, ammo ushbu gol o‘yin taqdirini o‘zgartira olmadi.
Shunday qilib, Loran Blan bosh murabbiyligidagi “PSJ” jamoasi Fransiya Kubogi sohibiga aylandi.
Fransiya Kubogi. Final
“Marsel” – “PSJ” 2:4 (1:1)
Gollar: 0:1 – 3 Matyuidi, 1:1 – 12 Toven, 1:2 – 47, penalti Ibragimovich, 1:3 – 57 Kavani, 1:4 – 82 Ibragimovich, 2:4 – 87 Batshuayi.
Mavzuga oid:
Izoh (0)