Tinchlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida velosipedda dunyo kezayotgan afg‘onistonlik faollar BMT bosh kotibi Pan Gi Munning egniga milliy xil’at kiydirib, siyosatchiga tinchlik maktubini topshirdi. Bu haqda BMT Yangiliklar markazi xabar bermoqda.
Pan Gi Mun afg‘onistonlik velosipedchilar — Nodirshoh Nangarxariy va uning 17 yoshli o‘g‘li Feruzxon bilan BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida uchrashdi.
“Biz, Afg‘oniston xalqi, boshqa millatlar bilan tinchlikda yashashni istaymiz. Biz o‘z o‘zligimizni hamda butun dunyoda tinchlik bo‘lishini xohlaymiz”, — deyiladi BMT rahbariga topshirilgan tinchlik maktubida.
Ota-o‘g‘il tinchlikparvar aksiya doirasida Turkiya, Bolgariya, Serbiya, Vengriya, Avstriya, Chexiya, Germaniya, Daniya, Norvegiya, Belgiya, Fransiya va Buyuk Britaniyada bo‘lishga ulgurdi. AQShga kelganidan so‘ng ular dastlab Vashingtonda to‘xtadi, so‘ng Nyu-Yorkka keldi. U yerdan velosipedchilar Los-Anjelesga yo‘l oladi va shu bilan Avstraliyaga o‘tib ketadi.
Izoh (0)