Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Chernogoriyaning NATOga qabul qilinishi bo‘yicha bayonnomaning Bryusseldagi yig‘ilishda ma’qullanishi bilan bog‘liq xabarlarga izoh berib o‘tdi, deb ma’lum qilmoqda “RBK”.
“Umuman olganda, NATOning davom etayotgan ekspansiyasi manfiy belgili jarayondir. Bu jarayon qit’ada keskinlikning yanada ortishiga olib kelishi mumkin”, — dedi Peskov.
Chernogoriyaning NATOga qabul qilinishi haqidagi hujjatning imzolangani kecha, 19-may kuni ma’lum bo‘ldi. NATO matbuot kotibi Oana Lungeskuning so‘zlariga qaraganda, endilikda Chernogoriya alyans uchrashuvlarida taklif qilingan ishtirokchi sifatida qatnashadi. Tashkilotning barcha 28 a’zosi bayonnomani imzolaganidan so‘ng u alyansning to‘laqonli a’zosiga aylanadi.
Izoh (0)