Yevropa Ittifoqi Shimoliy Koreyaga nisbatan amal qiladigan qora ro‘yxatga 18 jismoniy va bir yuridik shaxsni qo‘shib qo‘ydi. Bu haqda, YeI Kengashi xabariga asoslanib, “TASS” yozmoqda.
“2016-yilning 19-may kuni Kengash YeIning KXDRga qarshi cheklov choralariga tushadiganlar ro‘yxatiga 18 kishini va bir kompaniyani qo‘shdi. Bu choralar YeIning BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalari asosida joriy etilgan sanksiyalar rejimini to‘ldiradi”, — deyiladi rasmiy bayonotda.
2-mart kuni Xavfsizlik Kengashi KXDRga nisbatan sanksion choralarni qattiqlashtirish bo‘yicha 2270-sonli rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi. Bunga Pxenyan tomonidan olib rivojlantirilayotgan yadroviy dastur sabab bo‘lmoqda.