Amerikaning B-52 bombardimonchi samolyoti Guamda halokatga uchradi. Bu haqda bir nechta mahalliy OAVlar ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Pacific News Center’ning ma’lum qilishicha, hodisa AQSh Harbiy-havo kuchlarining Andersen bazasida yuz bergan. Associated Press agentligi ekipajning barcha yetti nafar a’zosi samolyotni muvaffaqiyatli tark etganligini ma’lum qildi.
Guam o‘t o‘chirish boshqarmasi rasmiy vakili Kevin Raylli gap hujum yoki terakt haqida bormayotganligini ta’kidladi.
Avariya yuz bergan joyga o‘t o‘chiruvchilar va boshqa favqulodda xizmatlar jalb etilgan.
Izoh (0)