“Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal APLning 38-turidan o‘rin olgan “Bornmut”ga qarshi (3:1) uchrashuvdan so‘ng mikrofonni qo‘liga olib, “Old Trafford” stadionidagi klub muxlislariga murojaat qildi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda.
“Futbolchilarim, xodimlar va shaxsan o‘z nomimdan qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Qayerda o‘ynashimiz va maydonda nima ro‘y berishidan qat’i nazar, siz bizlarga dalda berishda davom etdingiz. Angliya Kubogini uyga olib kelishga umid qilamiz”, – dedi van Gal.
Qayd etish joiz, “Manchester Yunayted” 21-may, shanba kuni “Kristal Pelas”ga qarshi Angliya Kubogi finalida bahs olib boradi.
Izoh (0)