Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy mamlakatda Rossiya texnologiyalari asosida barpo etiladigan Ed-Dabaa atom elektr stansiyasi dunyodagi eng xavfsiz stansiya bo‘lishini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
“Bo‘lajak AES xavfsizlik me’yorlari ikkita beton ‘g‘ilof’ qurilishini ko‘zda tutadi, bu esa radiatsiya tarqalishini to‘liq istisno etadi”, — dedi davlat rahbari.
Elektr energetikasi va qayta tiklanuvchi energiya manbalari vaziri Muhammad Hamid Shakerning so‘zlariga qaraganda, AESga hatto bir soniyada 120 metr tezlik bilan harakatlanayotgan 400 tonnali samolyotning qulashi ham stansiya xavfsizligiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.
Vazir Rossiya stansiyadan foydalanish, xizmat ko‘rsatish, kadrlar tayyorlash va loyihani moliyalashtirish, shuningdek, AESdan foydalanishning butun muddati davomida (60 yilga mo‘ljallangan) yoqilg‘i yetkazib berish masalalarini zimmasiga olishini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)