Liviyada Tobruk shahri yaqinidagi aerodromga qo‘nish paytida harbiy samolyot quladi. Bu haqda, Sky News Arabia’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Liviya harbiy-havo kuchlariga tegishli MiG-21 qiruvchisi mamlakat sharqidagi harbiy bazalardan biriga qo‘nish paytida quladi. Boshqaruvni qo‘ldan boy bergan uchuvchi halokat qurboni bo‘ldi.
Izoh (0)