IBM kompaniyasi muhandislari axborot saqlash sohasida ulkan yangilik yasadi. Faza holati o‘zgartirilgan PCM texnologiyasi ularga bitta xotira yacheykasiga 3 bit axborot yozish imkonini berdi. Bu haqda “Hi-Tech.Mail.ru” yozmoqda.
Ekspertlarning fikricha, texnologiya axborot saqlashda to‘ntarish yasab, axborot hajmining o‘sayotgani bilan bog‘liq muammolarni hal etish imkoniyatini beradi. PCM’ning boshqa ustun taraflari ham bor: o‘qish va yozish tezligini, tashuvchining hajmi va chidamliligini oshiradi, uning energetik ehtiyojini qondiradi.
PCM-tashuvchilar 10 million yozish silsilasini ko‘tara oladi.
Parijdagi IEEE International Memory Workshop xalqaro simpoziumida chiqish qilgan IBM vakillari yacheykada 3 bit saqlash mumkinligini namoyish qildi. Ular olib kelgan namuna 64 Kb hajmli massivga ega bo‘lib, saqlash yuqori haroratda amalga oshirildi, yozish qobiliyati 1 million silsiladan so‘ng ham saqlandi.
Izoh (0)