Hindistonning Assom shtatidagi Karimganj va Xaylakandi okruglarida yer o‘pirilishi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, Times of India nashriga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, uzoq davom etgan yog‘ingarchiliklardan so‘ng shtatning turli yerlarida yer o‘pirilishi kuzatilgan. Karimganj okrugida tungi soatlarda yer ko‘chib, tog‘ yonbag‘ridagi uylardan birini bosib qolgan. Uyda bo‘lgan besh kishi, shu jumladan, uch bola halok bo‘lgan.
Qo‘shni Xaylakandi okrugida esa ikki marta yer ko‘chib, to‘rt yoshi katta kishi va olti yoshli bir bola qurbon bo‘lgan. Sahar tongda oila uxlab yotganida ularning uyi tuproq ostida qolgan.