Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on respublika Kilis shahrining IShID terrorchilik guruhi tomonidan o‘qqa tutilishiga mustaqil qarshi turishga qodir ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda, prezidentning 17-may, seshanba kuni Istanbuldagi chiqishiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
“Turkiya IShID, Kurdiston ishchi partiyasi bilan davomiy kurashni olib bormoqda. Biz o‘z muammolarini mustaqil hal etadigan mamlakatmiz. Kilisning o‘qqa tutilishiga ko‘z yumayotganlar uchun ertaga kech bo‘lishi mumkin. Bu shahar Yevropa shaharlaridan sira farq qilmaydi”, — dedi Erdo‘g‘on.
“Agar bizga Kilisga raketa tushishining oldini olishga yordam berishmasa, biz bu masalani ham o‘zimiz hal qilamiz. Turkiya Kurdiston ishchi partiyasi va IShID terrorchilik guruhining ustidan ham g‘alaba qozonadi”, — deb qo‘shimcha qildi prezident.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)