Rossiyada Zika virusiga chalinish bilan bog‘liq uchinchi holat rasman qayd qilindi. Bu haqda, Rospotrebnadzor tashkiloti rahbari Anna Popovaga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Aytilishicha, moskvalik bemor virusni Dominikan Respublikasida bo‘lganida yuqtirib kelgan.
Ilgariroq shu tashxis moskvalik ayolga va yaroslavllik erkakka qo‘yilgan edi. Ularning ikkisi ham Dominikan Respublikasida bo‘lib qaytganidan so‘ng kasallik alomatlari ko‘zga tashlangani aytilmoqda.
Bundan tashqari, Zika virusida gumon qilingan yana ikki kishining xastalikka yo‘liqqani tasdiqlanmadi.
Izoh (0)