Iroq Xalqaro valyuta jamg‘armasidan 13 milliard dollar miqdorida kredit oldi. Bu haqda, Iroq davlat televideniyesiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Kredit bo‘yicha rasmiy Bag‘dodga yillik 1,5 foiz ustama belgilandi. Iroq markaziy banki raisi Ali al-A’laqning so‘zlariga qaraganda, jamg‘arma krediti davlat budjetidagi kamomadni qoplashga yo‘naltiriladi.
Iroqda davlat budjeti kamomadi 25 trillion dinorni tashkil etmoqda — bu mutlaq rekord summadir. Bunga xom ashyo, birinchi navbatda, neft bozoridagi beqarorlik sabab bo‘lmoqda.
Izoh (0)