Gaitida 16-may, dushanba kuni armiya formasida kiyingan jinoiy guruh politsiya uchastkasiga hujum qildi. Oqibatda besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, mahalliy politsiya ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Bosqinchilar Le-Kaye shahri uchastkasining o‘zida bir nafar politsiyachini o‘ldirib, yana ikki nafarini yaralagan. Keyin ular yashirinishga uringan, biroq ularning ortidan ta’qib etish natijasida jinoyatchilarning mashinasi jarga qulab ketgan. Bosqinchilardan uch nafari halok bo‘lgan, yana biri otishma davomida o‘ldirilgan, to‘rt nafari qo‘lga olingan.
Mahalliy politsiya inspektori Oktav Janning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, hujumdan ko‘zlangan maqsad uchastkadagi qurolni qo‘lga kiritish bo‘lgan.
Izoh (0)