16-may, dushanba kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Xitoy elchisi Sun Litsze bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan tadbirlarda, jumladan Shanxay hamkorlik tashkilotida O‘zbekiston raisligi doirasidagi bo‘lajak uchrashuvlarda Xitoy tomoni ishtirokining amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Izoh (0)