Shri-Lankada sodir bo‘lgan toshqinlar oqibatida o‘n minglab odamlar uyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. “RIA Novosti” agentligining ma’lum qilishicha, ofatda sakkiz kishi halok bo‘ldi.
Hukumat qo‘shinlari aholini tog‘ yonbag‘ridagi ofat girdobida qolgan tumanlardan evakuatsiya qilish uchun yuborildi. Bundan tashqari, harbiy-dengiz floti toshqinlarni to‘xtatish maqsadida mamlakat poytaxti Kolomboda kanallarni tozalash ishlariga jalb qilindi.
Ofat hududida istiqomat qiluvchi 5 ming oila vakillari gumanitar yordam ko‘rsatish markazlariga yo‘llandi, yana minglab odamlar qarindoshlarining uylarida joylashdi.
Izoh (0)