Janubiy Koreya, AQSh va Yaponiya iyun oyida KXDR tomonidan raketa tahdidiga qarshi yo‘naltirilgan ilk qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Bu haqda 16-may, dushanba kuni Janubiy Koreya OAVlari ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
“Tomonlar Janubiy Koreyani KXDRning yadroviy va raketa shantajidan yaxshiroq himoya qilish maqsadida raketa tahdidiga qarshi o‘quv mashg‘ulotlarini birgalikda o‘tkazishga rozi bo‘lgandan so‘ng, Janubiy Koreya, AQSh va Yaponiya mashg‘ulotlarning tafsilotlari ustida ishlamoqda”, — deb ma’lum qildi jurnalistlarga Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi vakili.
U mashg‘ulotlar davomida tomonlar marralarni yo‘q qilish bo‘yicha emas, KXDR raketalarini aniqlash va kuzatish bo‘yicha ko‘nikmalarni ishlab chiqishini ma’lum qildi.
O‘quv mashg‘ulotlari AQShning Gavayi orollarida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)