“Barselona” joriy mavsumda eng ko‘p futbolkalar sotgan klub bo‘ldi
“Real” dunyoning eng qimmat futbol klubi maqomini saqlab qoldi
Jar yoqasida borayotgan qolgan ikki klub — “Sporting” hamda “Rayo Valyekano” so‘nggi turni g‘alaba bilan yakunladi. “Sporting” Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan “Vilyarreal” ustidan zafar quchib, kelasi mavsumni ham La Ligada o‘tkazadigan bo‘ldi.
Shu tariqa, “Rayo Valyekano”, “Xetafe” va “Levante” jamoalari La Ligani tark etdi.
14-may kungi natijalarga ko‘ra, Kataloniyaning “Barselona” klubi ketma-ket ikkinchi bor oltin medalga ega chiqqan bo‘lsa, keyingi ikki o‘rinni Madridning ikki klubi — “Real” va “Atletiko” bo‘lib olgandi. “Vilyarreal” esa so‘nggi ikki turni boy berib ham, mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunladi.
Mos ravishda 5-7-o‘rinlarni egallagan “Atletik”, “Selta” va “Sevilya” klublari kelasi mavsum Yevropa Ligasida ishtirok etadi. Joriy mavsum xalqaro maydonda o‘ynagan “Valensiya” esa 11-pog‘ona bilan cheklanib, hech narsaga erisha olmadi.
Luis Suares bitta mavsumda 40 ta gol urgan La Liganing uchinchi futbolchisiga aylandi
Ronaldu klub miqyosida qatorasiga 6 mavsumda 50 va undan ortiq gol kiritgan ilk futbolchiga aylandi
Izoh (0)