Afg‘onistonning Farax viloyatida qo‘lbola portlovchi uskunaning harakatga keltirilishi oqibatida to‘rt nafar politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Voqea Lash-va-Juvayn tumanida, Eron chegarasi yaqinida sodir bo‘ldi. Politsiya atrofni patrul qilish chog‘ida qo‘lbola portlovchi uskunaga tegib ketdi, buning natijasida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Mashinadagi huquq-tartibot xodimlari halok bo‘ldi.
Ayni paytda teraktni qaysi radikal guruh vakillari uyushtirgani ma’lum emas.
Izoh (0)