Joriy yilning 16-may kuni Farg‘onada “Yulduzcha” bolalar musiqiy televizion tanlovi uchun kasting bo‘lib o‘tadi. Unda Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlaridan ishtirokchilar qatnashadi, deb xabar beradi Yoshlar tashabbuslari markazi.
Tanlovning asosiy maqsadi – O‘zbekistonning turli hududlarida istiqomat qilayotgan iqtidorli bolalarni kashf etish, san’at sohasida o‘z imkoniyatlarini namoyon etishi uchun ularga shart-sharoitlarni yaratib berishga qaratilgan.
Tanlov uch yo‘nalishda amalga oshiriladi:
- an’anaviy ijro;
- akademik ijro;
- estrada;
- saralash bosqichi;
- yarim final;
- final;