Salvador hukumati prezident vazifasini bajaruvchi Mishel Temer boshchiligidagi Braziliyaning yangi hukumatini tan olishdan bosh tortdi va mamlakatdan o‘z elchisini chaqirib oldi, deb xabar beradi “TASS”.
Bu haqda 14-may, shanba kuni Markaziy Amerika davlatining rahbari Sanches Seren ma’lum qildi.
O‘tgan juma, 13-may kuni Venesuela hukumati maslahatlashuv uchun o‘z elchisini Braziliyadan chaqirib olishini ma’lum qilgan edi.
“Biz Braziliyaning vaqtinchalik hukumatini tan olmaslikka qaror qildik va o‘z elchimizdan vataniga qaytishni so‘radik”, — deb yozdi Seren Twitter’dagi sahifasida.
Izoh (0)