Pfizer farmatsevtik korporatsiyasi 13-may, juma kuni o‘z preparatlarining tarqalishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilishini ma’lum qildi. The New York Times nashrining bildirishicha, farmatsevtik gigant o‘z preparatlarining AQSh hududida o‘lim jazosini ijro etilishida foydalanilishini istamayapti.
Pfizer ishlab chiqarayotgan dori vositalari o‘lim keltiruvchi inyeksiyalar ishlab chiqarishda qo‘llangan oxirgi kompaniya bo‘ldi.
“Endilikda o‘lim jazosi amal qiladigan shtatlarning hukumatlari qatl uchun medikamentlarni qora bozordan sotib olishiga to‘g‘ri keladi”, — dedi Reprieve huquq himoya qilish guruhi vakili Mayya Foa.
Bunday taqiqni Yevropa va AQShning 20 tacha kompaniyasi joriy etib bo‘lgan edi. Bu qarorni qabul qilishda ular asosan masalaning axloqiy tomonlariga urg‘u bergan edi.
Shu bilan bog‘liq ravishda Arizona, Oklaxoma, Ogayo shtatlarida qatllarni bir necha oyga ortga surish haqida qaror qabul qilindi. Ayrim shtatlar esa bundan buyon elektr stul va gaz kameralaridan foydalanadigan bo‘ldi. Yuta hukumati otib o‘ldirish yo‘li bilan qatlni ijro etishga qaytmoqchi ekanligini bildirdi.
Izoh (0)