Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga AQSh tomonidan atom bombasi tashlanganida Koreya Yaponiya mustamlakasi bo‘lgan paytda majburiy mehnat uchun bu yerga olib kelingan 40 mingdan ortiq koreys halok bo‘lgan edi. Bu haqda, Janubiy Koreya sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vazirligi e’lon qilgan ma’lumotlarga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Shuningdek, 30 ming koreys radiatsion nurlanishdan aziyat chekkani ma’lum qilindi.
Aprel oyining oxiridagi ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreyada atom bombasidan zarar ko‘rgan 2 ming kishi qolmoqda. Ularning avlodlari bo‘lmish 7,6 ming kishi radiatsion nurlanish bilan bog‘liq turli xastaliklardan aziyat chekmoqda.
Umumiy miqdorda 200 ming kishini hayotdan olib ketgan Nagasaki va Xirosima shaharlarining bombalanishi tarixda yadroviy qurol qo‘llangan yagona holat bo‘lib turibdi.
Izoh (0)