Xirosima meri Kadzumi Matsui AQSh prezidenti Barak Obamani yadroviy qurolsizlanish yo‘nalishida so‘zlar bilan cheklanib qolmasdan, real qadamlar qabul qilishga chaqirdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
“AQSh prezidenti avvalroq o‘z chiqishlarida yadroviy qurolsizlanish haqida gapirgan edi, biroq hech qanday aniq ish bajarilgani yo‘q. Uning bu yo‘nalishda hech bo‘lmaganda bir—ikki qadam bosishini istardik. AQSh prezidenti Amerika atom bombasidan jabrlangan odamlarning istaklarini tinglashi lozim”, — dedi u.
Xirosima meri hozir Barak Obama mazkur odamlar bilan uchrashishi mumkin bo‘lgan maydonni tashkil etish masalasini hal etayotganligini ma’lum qildi.
Izoh (0)