AQSh raketalarga qarshi mudofaa tizimlarining Yevropa hududida joylashtirilishi himoya emas, balki yadroviy salohiyatni o‘stirishga bo‘lgan urinishdir. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy amaldorlar bilan kengashda aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
“Ular jahon matbuotidagi imkoniyatlaridan foydalangan holda bu Rossiyaga tahdid solmasligiga yoki bu faqatgina mudofaaga mo‘ljallanganiga kimnidir ishontira olishlari mumkin, ammo bu kengashdagilarni hech kim adashtira olmaydi. Bu haqiqatga zid, bu mudofaa tizimlari emas, bu chet hududlarda AQSh yadroviy strategik salohiyatini o‘stirishdir”, — deb ta’kidladi Putin.
Prezident gap Sharqiy Yevropa haqida ketayotganini tushuntirib o‘tdi.
Izoh (0)