IShID terrorchi guruhining kichik bo‘linmasi Liviya poytaxti Tripolida aniqlanib, yo‘q qilindi. Bu haqda, Al-Wasat yangiliklar portaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Maxfiy guruh faollari Abu Salim kvartalida qo‘lga olindi. Guruhning eng nufuzli vakili asli tunislik jangari bo‘lib, u minalashtirish bo‘yicha operatsiyalarga javob berardi. U Tripolida ham bir qancha teraktlar uyushtirishni rejalashtirgani aniqlandi.
Terrorchilar oshyoni hujum bilan qo‘lga kiritildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.