Argentina futbol assotsiatsiyasi mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi Xerardo Martinoga yetti oydan buyon maosh to‘lamayapti. Bu haqda Ole nashriga tayanib, “Chempionat” xabar bermoqda.
53 yoshli mutaxassis ESPN’ga bergan intervyusida ushbu xabarni rad etmagan. Tegishli savolga Martino “Bu borada hech narsa ayta olmayman”, deya javob qaytargan.
Xerardo Martino 2014-yildan buyon Argentina termasini boshqarib kelmoqda. Bunga qadar u Paragvay termasi hamda Argentinaning “Nyuells Old Boyz” va Ispaniyaning “Barselona” klublarini boshqargan.
Izoh (0)