Rosselxoznadzor qo‘mitasi mamlakat hududiga Turkiyadan qovoqcha, limon va greypfrut olib kirishni butunlay taqiqladi. Bu — Turkiyadan olib kirilishi cheklanmagan yagona meva-sabzavot mahsulotlari edi, deb yozmoqda “RIA Novosti” idora vakili Sergey Dankvertga asoslanib.
Shu tariqa, Rossiyaga Turkiyadan meva-sabzavot mahsulotlari olib kirilishi butunlay taqiqlandi.
16-may kuni Rosselxoznadzor mamlakatga Turkiyadan latuk va “Aysberg” salatini olib kirish vaqtinchalik cheklanishini ma’lum qilgan edi. Bu mahsulotda G‘arbiy Kaliforniya tripsining aniqlanishi bilan bog‘liq ekanligi bildirilgan edi.
“Faqat qovoqcha, limon va greypfrut qoldi, biz bularni befoyda deb hisoblab, dushanba kuni butun o‘simlikshunoslik mahsulotlarini yopamiz”, — dedi Dankvert.
Amaldor Janubiy Amerika davlatlari Rossiyaga limonni Turkiya bilan bir xil hajmda (60 ming tonna) yetkazib berishini, shu bois ichki bozorda tanqislik kelib chiqmasligini ishontirib aytdi.
Shuningdek, u Turkiya fitosanitar me’yorlarni ko‘pdan buyon buzib kelayotganini qo‘shimcha qildi.