Meksikaning mashhur “Atsteka” stadionida bugun, 12-may kuni FIFA afsonalari hamda Meksika yulduzlari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Championat.asia”.
Uchrashuvda Meksika yulduzlari termasi 9:8 hisobida zafar quchdi. FIFA afsonalari jamoasiga italiyalik sobiq futbolchi va murabbiy ayol Karolina Morache va “Chelsi” sobiq ustozi Joze Mourinyo murabbiylik qildi.
FIFA afsonalari – Meksika yulduzlar terma jamoasi 8:9
Gollar: Pablo Aymar 3 ta, Luish Figu 2 ta, Duayt York, Demetrio Albertini, Ronaldino – Fransisko Fonseka 3 ta, Luis Ernandez 2 ta, Jared Borgetti, Manuel Negrete, German Vilya, Xorxe Kampos.