AQShning Alabama shtatidagi Birmingem shahrida sodir bo‘lgan otishma chog‘ida bir ayol halok bo‘ldi, to‘rt bola yaralandi. Bu haqda, Reuters agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Voqea 11-may, chorshanba kechasi sodir bo‘ldi. Maishiy janjal tufayli ayol o‘zi birga yashab kelgan erkakni uyga kiritishdan bosh tortdi. Bunga javoban erkak o‘t ochib, ayolni o‘ldirdi, 5–12 yosh orasidagi bolalarni esa yaraladi.
Ayni paytda bolalar shifoxonaga yotqizildi. 12 yoshli bolaning xavf ostida ekanligi aytilmoqda.