Rossiya harbiy samolyotlari Suriyaning Xoms viloyatidagi Tayfur aerodromi atrofida parvozlar amalga oshirmadi va shu bois bir samolyotning urib tushirilgani borasidagi gap-so‘zlar haqiqatga mos kelmaydi. Bu haqda, “Xmeymim” aviabazasi rasmiylariga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Ilgariroq SkyNews Arabia tahririyati Tayfur yaqinida Rossiya havo-kosmik kuchlari samolyoti urib tushirilgani haqida axborot tarqatgan edi.
Izoh (0)