Braziliyalik mashhur futbolchi Kaka MLS’da yiliga 6,6 million dollar ishlab topadi va bu borada liganing hech bir futbolchisi uning yoniga tusha olmaydi. “Sports.ru” blogeri Vitaliy Suvorov yulduz futbolchining okean ortida qanday hayot kechirayotgani haqida qisqacha hikoya qildi.
Kaka qanday yashayapti?
Braziliyalikning ishlari joyida, deb yozadi bloger. Kaka Amerikadagi debyut o‘yinidayoq jarima zarbasidan gol urib, “Orlando”ning haqiqiy yetakchisiga aylanib oldi. U o‘zining AQShdagi birinchi mavsumida 28 ta o‘yin o‘tkazdi hamda 9 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi, shuningdek, 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.O‘tgan kuzda Kaka va uning jamoadoshlari MLS’ning pley-off bosqichiga chiqa olmadi. Biroq mavsum futbolchi uchun esda qolarli bo‘ldi: birinchi mavsumdayoq sardorlik bog‘ichi, gollar, golli to‘p oshirishlar, “Tottenhem”ga qarshi barcha yulduzlar ishtirokidagi o‘yinda g‘alaba, faoliyatidagi birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka va amaldagi chempion — “Los-Anjeles Gelaksi” klubi ustidan tarixiy — 4:0 hisobidagi g‘alaba.
Kaka 2016-yilgi mavsum boshlarini jarohatlari sabab o‘tkazib yubordi va faqatgina aprel oyida maydonga qaytdi. U birinchi o‘yindanoq o‘zini ko‘rsatishni boshladi. “Portlend”ga qarshi uchrashuvda bitta gol urdi, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Qo‘shimchasiga Kaka trinidadlik jamoadoshi Kevin Molinani ham qo‘llab yubordi. 25 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum jarohat olib, 2016-yilga kelibgina safga qaytgan, biroq debyut golini uzoq vaqtdan buyon ura olmayotgandi. Kaka jamoaning doimiy penalti tepuvchisi bo‘lishiga qaramay, bu safar 11 metrlik zarbani Molinaga ishonib topshirdi. O‘yindan keyin Molina quyidagicha hikoya qildi: — “Kaka men tomon kelib, to‘pni uzatdi-da ‘Biz senga ishonamiz’, dedi”.
Tasodifiy epizod
Roppa-rosa bir yil muqaddam, aniqrog‘i, Molina jarohat olganidan keyingi birinchi uchrashuvda Kaka raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Keyin esa tribuna tomon yugurib, Molinaning futbolkasini so‘rab oldi. Golni aynan uning futbolkasida nishonladi. Amerika klublarining eng yaxshi sardori kim, degan savolga bu Kakaning o‘ziga xos javobi edi.Kaka ko‘nglini qanday yozadi?
Balet tomosha qilish uchun boradi.Mashhur qo‘shiqchi Rianna bilan uchrashadi.
Superboulda rasmga tushadi.
Mashhur basketbolchi Kobe bilan suhbatlashadi.
Aktyor Xyu Jekman bilan ko‘rishib turadi.
“Orlando Mejik” basketbol klubiga muxlislik qiladi.
Qanday o‘ynayapti?
Bunisini yaxshisi videolavhada tomosha qiling.“Men ko‘p mamlakatlarda bo‘ldim”, — deb hikoya qildi Kaka. — “Braziliyalik futbolchilar u yerlarga borib, mahalliy urf-odatlarga moslashib ketish o‘rniga, o‘zlarining hayot tarzlarini saqlab qolish uchun harakat qilishlarini ko‘rdim. Men bunday qilishni xohlamadim. Italiyada yashaganimda, haqiqiy italiyalik bo‘lishga intildim. Ispaniyada esa ispanlar kabi yashashga harakat qildim. Hozir esa haqiqiy amerikalikman. Menga MBA yoqadi, talabalar o‘rtasidagi o‘yinlarga boraman. Men juda baxtliman”.
Izoh (0)