Facebook ijtimoiy tarmog‘i Xitoyda shu nomli savdo belgisi bilan bo‘lib o‘tgan sud tortishuvida g‘alaba qozondi. Bu haqda, “Sina” portaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Pekin xalq sudi hukmiga binoan, endilikda Guandun provinsiyasida joylashgan Zhongshan Pearl River Drinks kompaniyasi Facebook savdo belgisi ostida mahsulot chiqara olmaydi. Ilgari kompaniya shu brend ostida kartoshka chipslari va konservalangan sabzavot chiqarar edi.
Xitoy kompaniyasi rahbariyati sud qaroridan noroziligini bildirmoqda.
“Agar biz brendni noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lsak, unda nega o‘z vaqtida tegishli tashkilotlar buni amalga oshirishimizga yo‘l qo‘ydi?”, — dedi kompaniya vakili Lyu Xongan.
Oy boshida AQShning boshqa korporatsiyasi — iPhone Xitoyda shu nom ostida savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazgan kompaniya bilan sud tortishuvida yutqazib qo‘ygan edi. Sud Xintong Tiandi Technology kompaniyasiga iPhone brendi ostida teri mahsulotlari chiqarishda davom etishga ruxsat bergan edi.
Izoh (0)