2009-yilda Tehron-Yerevan reysini amalga oshirayotgan Tu-154 samolyotining halokatini taftish etish bo‘yicha komissiya xulosalariga muvofiq, fojiada rossiyalik loyihalashtiruvchi hamda reysga xizmat ko‘rsatgan personal aybdor. Bu haqda, Tehron prokuraturasi vakili G‘ozi Shahriyoriyga asoslanib, “Nezavisimaya gazeta” xabar bermoqda.
“Halokatning sababi bosim kompressori klapanidagi nosozlik edi. Pirovardida Rossiyaning loyihalashtiruvchi kompaniyasi, shuningdek, reysga xizmat ko‘rsatish uchun mas’ul personal aybdor deb topildi”, — dedi Shahriyoriy.
Uning qo‘shimcha qilishicha, yangi komissiya Caspian Airlines aviakompaniyasi sobiq rahbariyatining laynerni xarid qilishdagi beparvoligini taftish etadi.
Eronning Caspian Airlines aviakompaniyasiga tegishli Tu-154M 2009-yilning 16-iyulida Qazvin shahri yaqinida quladi. Bortdagi 168 kishi, shu jumladan, 15 nafar ekipaj a’zosi, halok bo‘ldi. Layner Tehron-Yerevan reysini amalga oshirayotgan edi.
Izoh (0)