“Barselona” jamoasi hujumchisi Luis Suares “Espanyol”ga qarshi (5:0) Ispaniya chempionati 37-turida La Liganing yubiley goliga mualliflik qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Uchrashuvning 52-daqiqasida gol kiritgan urugvaylik futbolchi La Liganing 2015/16-yilgi mavsumining 1000-goliga mualliflik qildi. Shuningdek, Suares 61-daqiqada ham gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Qayd etish joiz, Luis Suares Ispaniya chempionatining 34 o‘yinida maydonga tushib, 37 ta golga mualliflik qildi. U to‘purarlar ro‘yxatida peshqadam bo‘lib turibdi. Uning eng yaqin ta’qibchisi Krishtianu Ronaldu hisobida 33 ta gol mavjud.