KXDR yetakchisi Kim Chen In Koreya mehnat partiyasi syezdi chog‘ida mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga erishilishini, bunda, xalqaro sanksiyalarga qaramay, yadroviy qurol borasidagi ishlanmalar davom ettirilishini ta’kidladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Shimoliy Koreya rahbari iqtisodiy o‘sish bo‘yicha besh yillik strategiyani taqdim etdi. Unda aholi turmush tarzining o‘sishi va elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolarning hal qilishini ko‘zda tutilgan. Jumladan, GESlarga asosiy e’tiborni qaratgan holda AESlardan olinadigan energiya miqdorini oshirish haqida so‘z yuritilgan.
“Iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha besh yillik davlat strategiyasini 2016–2020-yillar orasida amalga oshirish juda muhim”, — ta’kidladi Kim Chen In.
“Bu siyosat — mavjud vaziyatga vaqtinchalik javob emas. Bu siyosiy yo‘nalishga doimo rioya etish zarur”, — qo‘shimcha qildi u.
Izoh (0)