AQSh prezidenti Barak Obama amerikalik saylovchilar AQSh prezidentlik lavozimi uchun Respublikachilar partiyasidan nomzodlik qilayotgan milliarder Donald Tramp bilan bog‘liq “ijobiy” va “salbiy” jihatlarga sinchkovlik bilan baho berishi lozimligini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Demokratlar partiyasi vakili bo‘lgan Obama Trampning o‘rganish kerak bo‘lgan uzoq xizmat ro‘yxati mavjudligini ta’kidladi. Uning nuqtai nazari bo‘yicha, saylovchilar Trampning oldingi chiqishlaridagi bayonotlarini jiddiy qabul qilishi kerak.
Obama davlat rahbarining zimmasida favqulodda mas’uliyat bo‘lishini va prezidentlik lavozimi o‘yin-kulgi yoki realiti-shou emasligini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)