Meksikaning Tlaskala shtatida yuk poyezdi relslardan chiqib ketdi. Bu haqda, Reforma gazetasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Nashrning ma’lum qilishicha, relslardan 14 ta vagon chiqib ketgan. Oqibatda to‘rtta bino va avtomobillarni yuvish shoxobchasi vayron bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Favqulodda holat yuz bergan temir yo‘l uchastkasi operatori — Ferrosur kompaniyasi halokatga Markaziy Amerika mamlakatlarining muhojirlari sababchi bo‘lganligini ma’lum qilgan. Ular poyezdga chiqib, unda AQShga yetib olishga uringan.
Izoh (0)