Rejissor Derek Vesterman virtual reallikda 25 soatu 2 daqiqani o‘tkazib, jahon rekordini o‘rnatdi. Ushbu rekord 7-aprel kuni o‘rnatilgan. Bu haqda, Daily Mail nashri ma’lumotiga tayanib, TJournal xabar beradi.
Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan tajriba uchun HTC Vive garniturasidan foydalanilgan. Virtual reallikda o‘tkazilgan butun vaqt davomida qurilma Tilt Brush dasturida uch o‘lchamli suratlarni yaratgan.
Tajribaning 17-soatiga kelib, Vestermanning ko‘ngli ayniy boshlagan, 21 soatdan so‘ng esa u tushunarsiz ravishda “Men qayerdaligimni bilmayman” deb takrorlay boshlagan. Garniturani yechmasdan ovqatlanishi va suv ichishi uchun unga assistent yordam bergan.
Izoh (0)