Xitoy joriy yilda mamlakat aeroportlari va aviatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun 77 milliard yuan (11,9 milliard dollar) ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, Xitoy Fuqarolik aviatsiyasi bosh boshqarmasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Boshqarma rejalaridan 11 ta yangi yirik qurilish loyihasi va infratuzilmaning mavjud obyektlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha 52 ta dastur joy olgan.
“Fuqarolik aviatsiyasi sohasi, ayniqsa aviaqurilish va ilmiy-tadqiqot ishlanmalari sanoat modernizatsiyasining o‘chog‘iga aylangan. Jamiyatning qiziqishi unga qaratilgan”, — deydi Xitoy Fuqarolik aviatsiyasi bosh boshqarmasi rahbari Fen Chjenlin.
Avvalroq boshqarma vakillari XXRda 2020-yilga qadar 66 ta yangi fuqarolik aeroportini qurish rejasi haqida ma’lum qilgan edi.