Suriyaning Xoms shahri chetida sodir etilgan ikki qo‘poruvchilik harakati qurbonlari soni 12 kishiga, jarohatlanganlar soni 40 kishiga yetdi. Bu haqda, SANA agentligiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ilgariroq qurbonlar soni olti kishini tashkil etgani xabar qilingan edi.
Guvohlarning ma’lum qilishicha, terrorchilar Al-Muhrim tumanidagi safarbarlik punkti yaqinida minalashtirilgan avtomobil va mototsiklni portlatib yuborgan.