Suriyadagi 90 dan ortiq aholi punkti o‘t ochishni to‘xtatish tartibiga qo‘shildi, qator viloyatlarda tinch hayot tiklanmoqda. Bu haqda Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin ma’lum qildi, deb xabar beradi “Vedomosti”.
“O‘t ochishni to‘xtatish tartibiga qo‘shilgan muxolifat qurolli otryadlari va aholi punktlari tobora ko‘payib bormoqda. Hozirgi kunda shunday punktlar soni to‘qsontadan oshib ketdi. Bunda Rossiyaning Xmeymimdagi kelishuv markazi hissasi katta”, — deya ta’kidlagan Churkin.
Doimiy vakil Rossiya Suriya bo‘yicha muzokaralar may oyida tiklanishidan umid qilayotganini bildirib, ularni inkor etishdan voz kechishga chaqirgan.